Malumot

Bizning o‘quv markaz

Qiziqishlaringiz natijasida kasbni osongina tanlab oldingiz. Navbatdagi vazifa esa anchagina qiyin, o‘sha kasb egasi bo‘lish uchun bilim beradigan oliy o‘quv yurtiga kirish va o‘qish hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtiga kirish faqatgina kuchli tayyorgarlikdan o‘tganlargagina nasib qiladi. Shunchaki tayyorlanish vaqtni behuda o‘tkazishga tengdir. Vaqtning qadrini bilgan mashhur insonlarga ustozlik qilgan joy nomi bilan ataladigan o‘quv markaziga sizni taklif etamiz. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, “Registon” o‘quv markazida o‘qish sizning hayotiy tarixingizga yangi bir sahifani qo‘shadi.

Abituriyentlar uchun maxsus psixologik treninglar

O‘quv markazida maxsus dastur asosida psixologik treninglar o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib, bu amaliyotning  juda zarur ekanligiga amin bo‘lganmiz. Sababi abituriyentlar uzoq va qiyinchilik bilan olgan bilimlarini 1-avgust sinovlarida 3 soat ichida to‘la ko‘rsata olishlari shart. Yillab tayyorlangan abituriyentlar asosiy sinov kunida hayajonini bosolmasdan, olgan bilimlarini namoyish qila olmasa, ularning yonida javobgarlikni o‘quv markazi ham yelkasiga oladi. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida har oyda ikki marta psixologik treninglar o‘tkazib turiladi. Unda imtihonning eng mayda detallarigacha ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari abituriyentlarda qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashish ko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi.

Fanning haqiqiy mutaxasislari bo‘lgan ustozlar

“Registon” o‘quv markazi ustozlari har bir abituriyentning xarakter xususiyatlariga qarab baho beradigan, ularning qiziqishlari nuqtasini topib, shunga binoan fanni o‘zlashtirishlari uchun yo‘l ko‘rsata oladigan darajada tajribaga egadirlar. Qobiliyatlari turlicha bo‘lgan abituriyentlardan fanni o‘zlashtirishda bir xilda yuqori natijalarni ko‘rsatib kelayotgan ustozlar jamoasi o‘quv markazining har yilgi yutuqlarining garovi hisoblanadi.

O‘quv markaz yutuqlari raqamlarda

2017—2018 o‘quv yilida “Registon” o‘quv markazida mukammal tayyorgarlikdan o‘tgan abituriyentlarning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlariga yuqori ballar bilan o‘qishga qabul qilindilar. Jumladan:

Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari

Abituriyentlar uchun yaratib berilgan sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi.

“Registon” o‘quv markazi abituriyentlar ta‘lim olishi uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarni taqdim etadi:

Darslar qanday nazorat qilinadi?

“Registon” o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tamonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan abituriyentlarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tamonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.

Gallereya

Ish vaqti
Closed

dushanba
9:00 am 6:00 pm
seshanba
9:00 am 6:00 pm
chorshanba
9:00 am 6:00 pm
payshanba
9:00 am 6:00 pm
juma
9:00 am 6:00 pm
shanba
9:00 am 6:00 pm

Hozircha komentariya yoq

Birinchilardan bolib baho bering “Registon o`quv markazi”

Reyting
kursni tanlang